Ko'zlarimni yoshga to'ldirgan go'zal
Sevgi nimaligin bildirgan go'zal
G'amgin paytimda ham kuldirgan go'zal
Bugun nimagadir sizni sog'indim
Qalbimni og'ritib qayga ketdingiz
Ko'zimni yosh qilib xayr dedingiz
Xecham kutmagandim mendan kechdingiz
Yana nimagadir sizni sog'indim
Balki baxtlidirsiz uzoqlarda yor
Qalbim o'rtanadi kelganda bahor
Menga umid bergan bervafo dildor
Bugun nimagadir sizni sog'indim
Siz tomon talpinib bora olmasdan
Unutay desamda unutolmasamdan
Bu og'riqqa chiday olmasdan
Yana nimagadir sizni sog'indim
Do'stdan dushmandan yiroqda yurib
Uzoq-uzoqlardan sizni qidirib
Dardimni faqat shu qog'ozga bitib
Bugun nimagadir sizni sog'indim
Yana sog'inaman xoxlamasam ham
Sizga talpinaman borolmasam ham
Endi sizga yor begona bo'lsam ham
Bugun nimagadir sizni sog'indim
Qalbim to'yib ketdi bu azoblardan
She'r yozmay qo'ygandim to'yib hayotdan
Qo'lga qalam oldim yana alamdan
Sababi men yana sizni sog'indim